"Andijon"dan to'rt nafar futbolchi O'zbekiston U23 terma jamoasi yig'iniga chaqirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Xabaringiz bor, U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur musobaqaga 25 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu futbolchilar qatorida «Andijon» jamoasining futbolchilari Abdug'ani Kamolov, Kamron Saidazimov, Doniyor Abdumannopov va Jasur Jaloliddinovlar ham bor. Yoshlar terma jamoamiz 20 mart kuni Toshkentda yig'iladi va 22 mart kuni Antalya shahriga yo'l oladi.
24-29 mart kunlari bo'lib o'tadigan «Antalia Cup 2021» xalqaro musobaqasida yoshlarimiz Slovakiya, Ukraina va Qozog'istondan tashrif buyurgan tengdoshlariga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242