Mourino: «Men futbolchilarning milliy terma jamoa yig'iniga chaqirilishiga qarshimasman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchilarining FIFA kunlari doirasida klubni tark etishiga izoh berdi.
«Men butun futbol olamidagi vaziyatni boshqara olmayman. Futbolchilarning milliy terma jamoa yig'iniga chaqirilishiga qarshi emasman. Chunki bu mening qo'limda emas. Ko'p shogirdlarimning haftasiga 3 martalab maydonga tushishi meni ranjitadi.
Biroq, ular uchun ham o'z Vatani nomidan maydonga chiqish albatta yoqimli holat. Bu o'z o'rnida o'yinchilarning klubi uchun ham plyus vaziyat», - deydi Joze.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248