Ispaniya kubogi final o'yiniga muxlislar kiritiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Ispaniya kubogining joriy mavsumdagi «Barselona» va «Atletik Bilbao» jamoalari o'rtasidagi final o'yiniga tomoshabinlar kiritiladi. Bu haqda La Liga prezidenti Xaver Tebas xabar berdi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat yaxshi tomonga o'zgarish davom etsa, stadionga 15 ming muxlis kirishiga ruxsat beriladi. Ammo chiptalar faqat final o'tadigan Andalusiya o'lkasida sotiladi. Mintaqalar o'rtasida o'rnatilgan cheklov tufayli kataloniyaliklar va basklar mazkur bahsga kelishda muammolarga duch kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya kubogi final i 17 aprel kuni Sevilya shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212