60 mln evroga baholangan himoyachiga "Chelsi" va "Arsenal" da'vogarlik qilmoqda

Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Pero Inkape Angliyaning ikki grandi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Ekvadorlik futbolchi klubini o'zgartirmoqchi, bu haqda yaqinda ma'lum bo'ldi. Bild nashri tarqatgan xabarga ko'ra 23 yoshli futbolchiga ayni damda Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari aniq qiziqish bildirmoqda.
Pero Inkapeni 60 mln evroga sotib olish mumkin - bu uning "Bayer" bilan shartnomasidagi tovon puli. Himoyachi "dorishunoslar" safida jami 166 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.