«Liverpul» hujumchisi Bundesliga grandiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 275

«Liverpul» hujumchisi Divok Origi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Football Insader.
Manbaga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi 25 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi Origining transfer huquqini 14 million evro evaziga sotishga rozi bo'lishi kutilmoqda.
Origi 2014 yilda «Liverpul» ga «Lill» dan ko'chib o'tgan. Belgiyalik hujumchi "qizillar" bilan Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Malumot uchun, joriy mavsumda Origi Angliya Premer-ligasining 9 uchrashuvida maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201