Ryudiger Frantsiyaga yo'l olishi ham mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Lempard davridagi holati haqida gapirdi. U qishda PSJ safiga borib qo'shilishi ham mumkin edi.
«Lempard bilan munosabatlarimiz yaxshi bo'lmagan. Men uning qo'l ostida deyarli o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Natijada Parij klubi bilan muzokaralar ham o'tkazganman. Biroq Lempard bunga imkon bermagan.
Hozir esa vaziyat butkul o'zgargan. Men »Chelsi«da ancha baxtliman. Bu erda o'zimni ancha erkin his qilyapman», - deydi germaniyalik futbolchi.
Darhaqiqat, Tuxel Ryudigerni jamoadagi asosiy futbolchilardan biri sifatida ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181