So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Aleksandr Xomyakov: «Gol ura olmayotganimiz meni xavotirga solmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95
Muborakning "Mash'al" jamoasi Superliganing ikkinchi turida "Paxtakor" jamoasiga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Raqib bizdan kuchli ekanligi ko'rinib turgandi. Jamoamizda esa hech narsa o'xshagani yo'q, buni ko'rdingiz. Birinchi golni markazdan qo'yib yubordik, keyin esa ikkinchi golni. Shundan so'ng biroz agressivroq harakat qila boshladik. Bitta bo'lsa ham gol urishimiz mumkin edi. Bor gap shu. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabaga loyiq edi.
— "Mash'al" ikkita uchrashuvda gol ura olmasdan mag'lubiyatga uchradi. Sizning ushbu holatga munosabatingiz qanday? Ikkinchi savolim jamoadagi legionerlardan qoniqyapsizmi?
—Ha, bu holat meni xavotirga solmoqda. Ikkita o'yindan beri natijalar yaxshi ko'rinish olmayotgani ma'lum, gol ham ura olmayapmiz. "Bunyodkor" bilan o'yinda shunchaki vaziyatlardan foydalana olmadik. Bugun esa raqibimiz ko'p vaziyatlar yaratishga yo'l qo'ymadi. Jamoa mag'lubiyatga uchramasa, gol urmasa, bir ochko bor degani. O'tkazib yuborilgan uchta gol —bu ko'p. Meni hozir jamoamning o'yini tashvishlantiryapti. Legionerlarning salohiyati va kuchini baholash hozir qiyin.
Hozir o'yinga umumiy baho berish og'ir. Taktik jihatlar ustida ishlaymiz va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.