Dunyoning eng qimmat futbol ligalari reytingi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

Germaniyaning Transfermarkt portali 2021 yil mart holati bo'yicha jahonning eng qimmat futbol ligalari reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Angliya Premer Ligasi dunyoning eng qimmat futbol ligasi nomini saqlab turibdi. APLda harakat qiluvchi futbolchilarning umumiy transfer qiymati 8,84 milliard evroni tashkil etgan.
Keyingi o'rinlarda Italiya A Seriyasi (5,11) va Ispaniya La Ligasi (4,86 milliard evro) bormoqda. E'tiborlisi, Angliyaning ikkinchi darajali ligasi — Chempionship reytingda Portugaliya chempionatini ortda qoldirib, 6-o'ringa ko'tarilgan.
Dunyoning eng qimmat o'nta futbol ligasi:
1. APL (Angliya) — 8,84 milliard evro
2. A Seriya (Italiya) — 5,11 mlrd
3. La Liga (Ispaniya) — 4,86 mlrd
4. Bundesliga (Germaniya) — 4,52 mlrd
5. Liga 1 (Frantsiya) — 3,56 mlrd
6. Chempionship (Angliya) — 1,26 mlrd
7. Primera (Portugaliya) — 1,16 mlrd
8. Erediviziya (Niderlandiya) — 1,03 mlrd
9. RPL (Rossiya) — 966 mln
10. MLS (AQSh va Kanada) — 840 mln

Bosh sahifaga
251