So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'z iqtidorini tungi klublarga ko'mgan yulduzlar top 4 ligi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10953

Afsuski, futbol olamiga kirib kelayotgan yosh iqtidorlarining hammasi ham o'z talantini boricha ko'rsatib bera olmayapti. Bunga ularda ikki sabab bor. Biri motivatsiyaning qolmagani yok,i ko'proq uchraydigan ikkinchi holat, katta miqdordagi maoshlarni noto'g'ri sarflashgani. Bugun shunday futbolchilar to'p 4 ligini baholi-qudat taqdim etamiz.
4-o'rin Memfis Depay
«PSV»jamoasidan «Manchester Yunayted»ga kelgan iqtidor egasiga afsonaviy 7-raqam topshiriladi. Afsuski,Depay katta miqdordagi pullardan o'zini yo'qotib qo'yadi. Murabbiylarning qayta-qayta ogohlantirishlariga e'tibor bermay, futboldan chalg'ib qoladi. Mashg'ulotlarga «Rols-Roys» markasidagi mashinalarda kelib ketar, doim «Guchchi» brendidan kiyinardi. Asta-sekinlik bilan uni tungi klublarda tez-tez ko'ra boshlashadi. Eng achinarlisi shundaki, Depay bora-bora haftada 6 kun klublarda ko'rinish beradi. Vaziyat shunchalikka borib etadiki, Depay tungi klublar uchun mashhur brendlardan o'ta qimmat kiyimlar harid qila boshlaydi.Ularning orasida hatto shaxsan Maykl Jeksonninig liboslari ham bor edi. Oqibatda, Mourinyo unga chiqish eshiklarini ko'rsatib yuboradi. Hozirda Depay «Lion» jamosininig o'rtamiyona futbolchisi. Unda super yulduz bo'lish uchun hamma imkoniyat bor edi,afsus.
3- o'rin Velliton
2014-2015 yildagi Rossiya PLto'purari bo'lgan qahramonimiz Brazilyaninig chekkasidagi qishloqlardan birida tavvalud topadi. O'rtamiyina hayot kechirayotgan hujumchi Moskvaninig «Spartak» jamoasigao'tgach ,o'yinchining bir mavsumdan so'ng o'yinlari keskin tushib ketadi. Uni tez-tez klublarda ko'ra boshlashadi. U bilan birga kelgan oilasi esa bu vaziyatga izoh berishdan bosh tortishadi. Vaziyat shu darajagacha etib boradiki ,Velliton klubda tanishgan model Vika Boniya bilan ishqiy munosabatlarga kirishib ketadi. Bundan xabar topgan uningturmush o'rtog'i farzandlarini olib yurtiga qaytib ketadi. Tez orada Velliton model qizga uylanadi. Bu orada «Spartak» da asosiy tarkibdagi o'rnini ham yo'qotib qo'yadi. Keyingi mavsumni esa ijarada o'tkazgan Vellitondan Vika ajrashib, multimillionerga turmushga chiqib ketadi. Hozirda Velliton 29 yoshda. Afsuski, Arab amirligi klubi bilan uninig yarim yillik shartnomasi qolgan. Keyingi manzil qaer bo'lishi noma'lum..
2- o'rin Jek Uilksher
16 yoshida hammani o'ziga qarata olgan tayanch yarim himoyachisi mashhurlikni ko'tara olmaydi. Arsenal bilan tuzilgan proffessional shartnoma bandlariga ko'ra olinadigan maosh uninig ko'zlarini qamashtirib yuboradi. U 19 yoshidayoq termada debyut qilgach, o'zi uchun kurashmay qo'yadi. Sekin -astalik bilan uni ham ,afsuski, tungi klublarda ko'ra boshlashadi. Eng achinarlisi, bir safar uni sigareta chekib turgan holda suratga olishadi. Bu surat esa tezlik bilan internetda tarqalib ketadi. Bu ham etmaganidek, boshqa bir tungi klubda janjal chiqadi. Uning bosh sababchisi Jek Uilksher edi. Uni politsiya 21 kunga qamab qo'yadi. Shuncha ishdan keyin ham futbolchi bu shashtidan qaytmaydi. Uning o'yinlarida asta-sekinlik bilan ishonch yo'qola boshlaydi. Bora- bora jarohatlarga o'ralashib qoladi. «Bormunt»da ijara asosida o'tgan mavsumdan so'ng hozirda «Arsenal»ninig 2- jamoasida to'p surmoqda. Angliyaning eng iqtidorli futbolchisi 26 yoshida hech kimga kerak bo'lmay qoldi.
1-o'rin Jermen Pennant
16 yoshidayoq juda katta tezlik va jismoniy kuchga ega futbolchi bilan «Arsenal» shartnoma tuzadi va uni asosiy tarkibga o'tkazadi. Pennant esa o'zidan ketishni boshlaydi. Muhojirlar oilasida tavvalud topgan Jermen «Arsenal» akademiyasiga kelgan payt hatto o'qish-yozishni ham bilmaydigan bola edi deya uni eslashadi. Pennant «Arsenal» da o'zini ko'rsata olmaydi. Yana o'sha kasofat klublar uning boshini eydi. U ba'zida mashg'ulotlarga kelganida bechora Venger uni ko'p bor qaytarib yuborgan ekan. Chunki u tuni bilan uxlamagani uchun mashg'ulotlardagi yuklamalar unga og'irlik qilishi havfi bor edi. Keyinchalik, «Arsenal» uni «Birmingem»ga sotib yuboradi. Pennant esa hayot tarzini o'zgartirmaydi. Birin-ketin klublar almashtiraverib, oxirida klubsiz ham qolib ketadi. U hozirda Angliyanining 7-dvizionida harakat qilmoqda. Eng achinarlisi shundaki, u 22 yoshidayoq futbol o'ynashdan to'xtagan edi.