So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Turon» futbol klubi bosh murabbiyi Jizzaxdagi o'yindan so'ng «portladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179
O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Farg'onaning «Turon» klubi Jizzaxda «So'g'diyona» mehmoni bo'ldi.
Uchrashuv bosh hakami Viktor Serazetdinov 52-daqiqada «Turon» darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam ushbu vaziyatda farg'onaliklar himoyachisi G'iyos Komilov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topdi. Qayd etish joiz, ushbu vaziyatda to'p qo'lga emas, futbolchining elkasiga tekkan va hakam holatga juda yaqin turgan edi. Penaltidan esa jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov unumli foydalandi. Natijada «So'g'diyona» mazkur gol evaziga «Turon»ni mag'lub etdi.
O'yindan so'ng «Turon» bosh murabbiyi Islom Ismoilov OAVga flesh-intervyu berib, hakamlikni tanqid ostiga oldi.
"Avvalo «So'g'diyona» jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, «Turon»ning aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Ikkita o'yindan beri buni umuman tushunib bo'lmayapti. Buni butun O'zbekiston ko'rdi: to'p futbolchining boshiga tekkaniga hakam penalti belgilayapti. O'shalar kiyinish xonasiga kirib ko'rsin, futbolchilar yig'lab o'tiribdi. Bularga qachon chora ko'riladi? Qachongacha bu narsalarga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalgani? Kelib ko'mib ketyapti. Ikki turdan beri futbol yo'q. Faqat hushtak, hushtak, hushtak! Qachongacha? Kim bularga [hakamlarga] chora ko'radi. Buyog'da 70-80 kishi oilasini boqaman deb ezilib ketyapti. Uchta odam [hakamlarga] chiqib turib, kesib tashlayapti. Shumi O'zbekistonda adolat? Biz halol o'ynayapmiz, hakamlarga pul bilan chiqmayapmiz. Bir so'm pul bilan chiqmasangiz, «kallangizni kesib tashlashyapti». Kim chora ko'radi?
Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak. Raqib futbolchilaring qo'liga ikki bor to'p tegdi. O'yinning boshidan beri beshta sariq kartochka berildi. Undan ko'ra o'yindan oldin kelib chiqmaysanlar deyishsin, biz chiqmaymiz. Mayli men yosh murabbiyman, ko'cha to'la ish. Men yana bir ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g'alaba qozonsa, mukofot puli olaman, bola chaqamni boqaman deb kutib yashamoqda. Hamma og'zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo'q.
Hakam o'ynash berdimi? Har bitta vaziyat, bitta hushtak, yana hushtak. Bunday holatda qanaqa futbol bo'lishi mumkin? Hakam o'ynashga imkon bermasa, qanaqa futbol haqida gapirish mumkin?", — dedi Islom Ismoilov.