Aguero «Barselona»ga ko'chib o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

«Man Siti» hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga yaqin turibdi.
As xabariga ko'ra, Katalon klubida yangi saylangan Joan Laporta argentinalik futbolchining o'zi bilan ikki yillik bitim borasida kelishib olgan. Biroq Laporta hali o'z lavozimiga rasman kirishmaganligi uchun tomonlar muzokaralarni yakunlay olmayaptilar.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum shartnomasi o'z yakuniga etadigan Aguero «shaharliklar» tarkibida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230