«Tottenhem» mudofaa chizig'ig'ini daniyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Yannik Vestergor yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
"Tottenxem" "Sautgempton" daniyalik himoyachisi Yannik Vestergor xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Sunday Mirror.
Manbaga ko'ra, London klubi futbolchining transferini yozda amalga oshirish variantini ko'rib chiqmoqchi. Vestergorning "Sautgempton" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi, biroq klub pul ishlab topish uchun maqsadida o'z himoyachisini sotishdan manfaatdor bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda 28 yoshli daniyalik himoyachi "Sautgempton" tarkibida 20 o'yinda ishtirok etib, 3 golga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222