So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shahram G'iyosovning Toshkentdagi boks oqshomida kimga qarshi jang qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176
Professional boksning super engil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Shahram G'iyosov (10-0, 8 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko'tariladi.
Rio—2016 Olimpiadasi sovrindoriga rossiyalik bokschi Isa Chaniev (14-3, 6 KO) raqib bo'ladi. Unda G'iyosov WBA International kamarini himoya qiladi.
2015 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritayotgan Chaniev 2016 yilda o'zbekistonlik bokschi Sherzod Mamajonovni nokautga uchratgandi.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o'zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov prof boksdagi debyutini o'tkazadi.
G'iyosov so'nggi jangini 2020 yilning avgustida Uiston Kamposga qarshi o'tkazgan va uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.