O'zbekistonlik ikki ayol referi FIFAning VAR litsenziyasini oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

VAR tizimidan foydalanishni boshladik. Dastlabki uch turning har birida bittadan uchrashuvda VAR ishlaydi. Keyin bir turda 2 tadan uchrashuvda ishlatishga o'tish rejamizda bor.
O'zbekiston o'z harakatlari evaziga ayol referilarga FIFA tomonidan VAR litsenziyasini olib bergan Osiyodagi ilk mamlakat ekanini ko'pchilik bilmasa kerak. Edita Mirabidova hamda Kristina Chereda allaqachon FIFA litsenziyasiga ega. Ular Coca-Cola Superliga 2-turidan boshlab amaliy bilimlarini boyitishga o'tishadi. Shuningdek, Zilola Rahmatova ham shunga intilyapti. Bu borada ularga Farhod Abdullaev yaqindan ko'mak beradi.
Osiyo qit'asida, shuningdek, avstraliyalik ayol hakamda ham FIFA litsenziyasi mavjud. 2019 yil Frantsiyada o'tgan ayollar o'rtasidagi mundial orqali u shunga erishgan. Biz esa milliy darajada FIFA bilan hamkorlik qilayotgan qit'adagi birinchi mamlakatmiz. Nasib qilsa bu hakamlarimiz 2023 yil Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qiladigan mundialda ishlashi mumkin.
Diyor Imomxo'jaev.
Manba: @diyorimamkhodjaev
Bosh sahifaga
177