«MYu» La Liga futbolchisini qo'lga kirtmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247

«Vilyarreal» markaziy himoyachisi Pau Torres mavsum oxirida o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Bir necha oy oldin Madridning «Real» klubi aloqaga chiqqan Ispaniya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisiga endi «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda va bir necha hafta avval u bilan bog'langan.
Torres uchun Angliya klubi 65 million evro sarf etishi kutilmoqda, biroq «Vilyarreal» mavsum oxirida Evrokuboklarga yo'llanma olmasa ushbu miqdor kamayishi ham mumkin.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 o'yinda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: ESPNFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193