Matich «Benfika»ga qaytishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

«Man Yunayted» xavbeki Nemanya Matich kelgusi faoliyatini «Benfika»da davom ettirishga roziligini bildirgan.
Hozirda futbolchi «MYu»dagi holatidan baxtli. Biroq, portugal jamoasi unga taklif bilan chiqsa Nemanya buni hech ikkilanishsiz qabul qilishini ta'kidladi.
«Men hali faoliyatimni tugatish haqida umuman o'ylamayapman. Men uchun "Benfika" doim qalbimning bir burchagida bo'lib kelgan. Agar bu erdan taklif tushsa albatta qabul qilaman. Hozir esa "MYu"da baxtliman. Men Angliyadan ketmoqchi emasman. Biroq, futbolda ertaga nima bo'lishini hech kim aniq ayta olmaydi», - deydi Matich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262