"Barselona" futbolchisi Mbappening o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Kechagi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "PSJ" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin (1:1), kataloniyaliklar futbolchisi Pedri "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening o'yiniga baho berdi: "Mbappe juda ko'p iste'dodli o'yinchi hisoblanadi. Frantsuz futbolchisini buyuk kelajak kutmoqda, ammo u, hali ko'p mehnat qilishi kerak, shuning uchun Leo darajasiga hali chiqib ulgurmagan", deydi Pedri.
Pedri va Mbappe "Park de Prens"da kechgan o'yindan so'ng, Mbappe bilan futbolkalarini almashishdi. 18 yoshli "Barsa" o'yinchisi, frantsuz futbolchisidan formalarini almashtirish haqida so'ragani ham aytib o'tdi.
"Biz uchrashuv paytida bu haqda Mbappe bilan gaplashdik va men undan futbolkalarni almashtirishni so'radim", deb qo'shimcha qildi Pedri.

Bosh sahifaga
159