Immobilega «Oltin butsa» topshirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile uzoq kutilgan sovrinni qabul qilib oldi. Mavsum-2019/2020da Evropa milliy chempionatlarining eng yaxshi to'purariga atalgan «Oltin butsa» sovrini italiyalik futbolchiga topshirildi. Immobile Italiya chempionatining o'tgan yilgi mavsumida 36ta gol muallifiga aylangan edi.
Bu borada ikkinchi pog'onani «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (34) egallagan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu (31) kuchli uchlikka kirgan edi.
31 yoshli Immobile joriy mavsumda "Latsio" safida barcha musobaqalar doirasida 29ta o'yinda ishtirok etib, 19ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236