Mikael Sekeyra: «Futbolchilarimning o'yinidan qoniqdim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

AGMK — «Lokomotiv» uchrashuvidan keyin «temiryo'lchilar» bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi o'yin bo'ldi. Bu jarayonda biroz muammolar kuzatildi. Birinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan goldan keyin holatni tiklashga harakat qildik va javob golini urishga erishdik. Ikkinchi bo'limda esa ishlarimiz umuman o'xshamadi. Ammo futbolchilar o'z ishini yaxshi bajarishdi. Ularga ishonaman va o'z ustimizda ishlashda davom etamiz.
Temurxo'ja juda katta qobiliyatga ega futbolchi. Bugun g'alaba qozonsak, buni Temurxo'jaga bag'ishlamoqchi edik. Biroq bunga erisha olmadik. Ishonamanki, bugungi mag'lubiyatni yoddan chiqarib, navbatdagi o'yinlarda g'alaba uchun o'ynaymiz", — dedi Sekeyra.

Bosh sahifaga
209