Superliga. AGMK mavsumni «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

O'tgan mavsumda bronza medallarini qo'lga kiritgan AGMK klubi joriy mavsumning ilk turida o'z uyida "Lokomotiv"ni qabul qilib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Olmaliqliklar bahsning 3-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Chap qanotdan havolatib etkazilgan uzatmani AGMKning niderlandiyalik hujumchisi Elvin Fortes bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.
"Temiryo'lchilar" birinchi bo'limning o'zidayoq muvozanatni tiklashdi. 36-daqiqada mehmonlar futbolchisi tomonidan etkazilgan ajoyib uzatma natijasida Qodirqulov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg'ol qildi.
O'yin tugashiga 14 daqiqa qolganida esa AGMK futbolchisi chiroyli uzatma bilan Jokichni jarima maydonchasiga boshladi. Uning uzatmasini esa Kasyan yaqin masofadan "Lokomotiv" darvozasiga joylab qo'ydi.
Shu tariqa, AGMK mavsumni muhim g'alaba bilan boshladi.
SUPERLIGA, 1-TUR. 9 mart, seshanba
AGMK — «Lokomotiv» - 2:1 (1:1)
Gollar: Elvin Fortes (3), Aleksandr Kasyan (76) — Sanjar Qodirqulov (36)
AGMK (4-3-3) — 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar Shoahmedov - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov.
«Lokomotiv» (4-3-3) — 35.Javohir Ilyosov - 28.Shuhrat Muhammadiev, 3.Islom Qobilov, 22.Diego Bardanka, 94.Xurshid Muxtorov - 5.Kaxi Maxaradze ©️, 8.Javohir Sidiqov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov - 14.Azizbek Amanov, 10.Marat Bikmaev, 17.Sanjar Qodirqulov.
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziev

Bosh sahifaga
230