«Liverpul» Kloppni iste'foga chiqarmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

So'nggi paytlarda "Liverpul" klubi muvaffaqiyatsiz o'yinlar seriyasini boshdan kechirayotgan bo'lsa-da, jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z lavozimida qoladi.
"The Times" va "The Telegraph" nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra, germaniyalik mutaxassisni jamoa rahbariyati to'la qo'llab-quvvatlamoqda. Hozirgi omadsizliklar vaqtinchalik ekanini ular tushunib turishibdi. Bunga muhim futbolchilarning jarohat girdobiga tushib qolgani sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Boz ustiga, pandemiya tufayli mersisaydliklar mavsumga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olishmadi.
Klopp "Liverpul"ni ushbu vaziyatdan olib chiqib keta olishiga rahbariyat to'la ishonmoqda. Shu bois, jamoa uni iste'foga chiqarmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271