Pogba: «Kelajagim katta so'roq ostida»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba kelajagi borasida hali bir qarorga kelmadi. "Sky Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
"Mening kelajagim? Vaqt ko'rsatadi. Ammo hamon katta so'roq qarshisida turibman. Men Manchesterdaman. Jamoadoshlarim bilan birga baxtliman. Men hamisha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni istayman. Maydonda hamisha qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", — dedi Pogba.
Pogba joriy mavsumda APL doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256