Shahzodbek Ubaydullaev Belarusning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Soligorskning «Shaxtyor» klubi hujumchisi Shahzodbek Ubaydullaev faoliyatini Belarusning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. «Energetik-BGU» o'zbekistonlik futbolchini ijaraga olishga yaqin turibdi.
«Konchilar» esa Ubaydullaevni "talabalar"ga berib yuborib, uning o'rniga nigeliyalik Sandey Akinbuleni ro'yxatdan o'tkazishmoqchi. Bu haqda jurnalist Vladislav Tatur xabar tarqatdi.
«Shahzodbek Ubaydullaev «Shaxtyor» safida debyut o'yinida gol urganiga qaramay, ijara asosida «Energetik-BGU»ga o'tishga yaqin turibdi. Soligorsk esa Sandey Akinbule bilan shartnoma imzolaydi», – deya yozdi Tatur o'zining Telegramdagi kanali orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261