Mourino: «Beyl bizga ko'p o'yinlarda kerak bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
«Beyl har bir uchrashuvda o'z so'zini aytishga harakat qilyapti. U ko'proq asosiy tarkibdan joy olishni xohlaydi. Hali Garet juda ko'p o'yinlarda bizga kerak bo'ladi.
Menga zaxiradan tushib o'yinga sezilarli ta'sir o'tkazgan futbolchilar yoqadi. Men shubhasiz, uning jismoniy holatiga ishonaman», - deydi Joze.
Ma'lumot uchun, «Tottenhem»ning kelgusi bahsi «Dinamo» Zagrebga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302