O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inni yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18205
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 10 fevraldan 19 fevralga qadar Namanganda yig'in o'tkazdi. O'quv-mashg'ulot yig'ini davomida asosiy e'tibor futbolchi qizlarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Karima Yo'ldosheva shogirdlari trenajyor zalida mashg'ulot olib borishdi, maydondagi mashg'ulotlarda qatnashishdi hamda bir qator nazorat o'yinlarida maydonga tushishdi. Shuningdek, darvozabonlar bilan alohida mashqlar amalga oshirildi.
Navbatdagi yig'in 10-19 mart kunlari Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning 26-30 aprel kunlari Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!