Keyn va Son Xyong Min APL rekordini yangilashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Angliya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda (4:1) ikkita gol urdi. Gollarning biriga Son Xyong Min assistentlik qildi.
Joriy mavsumda bu ikki futbolchi bir-biriga 14-marta assist vazifasini bajarishdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Keyn-Son juftligi APLning yangi rekordini o'rnatishdi.
Shu paytgacha rekord Alan Shirer – Kris Satton juftligiga tegishli bo'lib, ular mavsum-1994/95da «Blekbern» safida bir-birlariga 13 marta golli uzatmani amalga oshirishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323