A seriya. «Napoli» ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Italiya chempionatining 26-turi doirasida «Napoli» o'z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Neapolliklar safida Insine dublga erishgan bo'lsa, Osimxen o'z hisobida bitta gol yozdi. Bolonyaliklar esa Sorianoning goli evaziga bitta javob qaytarishdi.
"Napoli" ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 47taga etkazib, jadvalda 6-o'ringa ko'tarilib oldi.
Italiya chempionati, 26-tur
Napoli – Bolonya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 8 Insine, 2:0 – 65 Osimxen, 2:1 – 73 Soriano, 3:1 – 76 Insine.
Napoli – Ospina, Kulibali, Rahmaniy, G'ulom (Xyusay, 22), Di Lorentso, Demme, Zelinski (Mariu Ruy, 79), Insine (Elmaz, 79), Fabian Ruis, Politano, Mertens (Osimxen, 53).
Bolonya – Skorupski, Mbaye (Medel, 76), Larangeyra, de Silvestri, Sumaoro, Svanberg (Vinyato, 76), Poli (Dominges, 58), Olsen (Orsolini, 76), Soriano, Sansone (Barrou, 65), Palasio.
Ogohlantirishlar: Kulibali (52), Mariu Ruy (84).

Bosh sahifaga
218