O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8194
O'zbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizdagi "Chig'atoy" sport majmuasida yig'in olib borayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Ular yig'in davomida "Chig'atoy 2003", "Paxtakor 2004" va "Spartak 2003" jamoalariga qarshi maydonga tushib, g'alaba qozonishdi.
Kecha Azamat Abduraimov shogirdlari ikki nazorat o'yini o'tkazishdi. Dastlab, o'smirlar terma jamoasi a'zolari "Spartak 2003" jamoasiga qarshi yana bir o'yin o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Bunyodkor 2003" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda esa terma jamoa a'zolari 2:1 hisobida ustunlikka erishishdi. Shu bilan O'zbekiston U-16 terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini yakunlandi. Yig'in davomida bosh murabbiy Azamat Abduraimov terma jamoa asosini shakllantirish ishlarini olib borib, nomzodlarni sinovdan o'tkazib olganini ta'kidlash zarur.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!