APL. Beyl va Keyn dublga erishgan o'yinda «Tottenxem» yirik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Angliya chempionatining 28-turi doirasida «Tottenxem» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
"Shporlar" hujumchilari Garet Beyl va Xarri Keyn o'z hisoblariga 2tadan gol yozishdi. Raqib forvardi Benteke esa ularga bir marta javob qaytardi.
Mazkur g'alabadan so'ng Mourino jamoasi o'z ochkolarini 45taga etkazib, jadvalda 6-o'ringa ko'tarilib oldi.
Angliya chempionati, 28-tur
Tottenxem – Kristal Pelas 4:1 (1:1, 3:0)
Gollar: 1:0 – 25 Beyl, 1:1 – 45 Benteke, 2:1 – 49 Beyl, 3:1 – 52 Keyn, 4:1 – 76 Keyn.
Tottenxem – Loris, Doerti, Alderveyreld, Regilon, Sanches, Uinks (Sissoko, 70), Xeyberg, Son Xyon Min, Lukas Moura, Beyl (Lamela, 70), Keyn (Vinisius, 80).
Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, Uord, van Anxolt, Ridevald, Milivoevich, Kuyate, Eze (Zaa, 46), Taunsend (Shlupp, 65), Benteke (Mateta, 74), Ayyu.
Ogohlantirishlar: Ayyu (29), Keyxill (35), Ridevald (48), Doerti (90), Vinisius (90).

Bosh sahifaga
288