O'runov «Ural»ga qarshi o'yinda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

"Ufa" klubi yarim himoyachisi Oston O'runov Rossiya chempionatining 21-turi doirasida bo'lib o'tgan "Ural"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
O'zbekistonlik futbolchi birinchi bo'lim so'ngida olgan jarohati tufayli uchrashuvni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Vyacheslav Krotov tushirildi.
Katta ehtimol bilan Oston oyog'ining son qismidagi mushagida cho'zilish ro'y bergan.
Eslatib o'tamiz, O'runov huquqiy jihatdan «Spartak»ka tegishli bo'lib, boshqirdistonliklar uni joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235