O'FA «C» litsenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kursining 1-moduli davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda murabbiylik sohasini yanada rivojlantirish, murabbiylar malaka va salohiyatini oshirish bo'yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
O'FA qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida qator litsenziyali o'quv kurslari va seminarlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.
Xususan, 3-8 mart kunlari Toshkent shahrida O'FA «C» litsenziyasi dasturi bo'yicha murabbiylik kurslari tashkil etilmoqda.
O'quv jarayoniga Dmitriy Kim instruktorlik qilgan bo'lsa, unga Qurbonboev Rustam yordamchilik qilmoqda. Kurs koordinatori Qudratullaev Davron. Amaliy va nazariy mashg'ulotlarni qamrab olgan mazkur kursda o'zbek futbolining bir qator yulduzlari: Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Mirzakamol Kamolov kabilar ishtirok etmoqda.
Manba: ufa.uz
Bosh sahifaga
241