So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Match Day: Manchesterda super qarama-qarshilik. "Yunayted" "Siti"ning seriyasini to'xtata oladimi? (Prevyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177
Bugun, aniqrog'i kechki soat 21:30da Angliya Premer Ligasi 27-turi doirasidagi bir shaharning ikki jamosi "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Dunyo futbolida derbilar juda ko'p. London derbisi, Madrid derbisi, Milan derbisi shular jumlasidandir. Lekin bugungi derbi esa qolganlaridan biroz farq qiladi, chunki bu kunda Manchesterning bir tomoni qizil rangga bo'yalsa, ikkinchi tomoni moviy rangga burkanadi. Bu qarama-qarshilik o'zining qiziqarliligi va shiddatli kechishi bilan har doim muxlislar e'tiborida bo'lib kelgan. Bugungi uchrashuvni ham hujumlarga boy va ajoyib o'tishiga shubha yo'q, negaki ayni paytda APL turnir jadvalida 1 va 3 - o'rinlarda ketayotgan jamolarning to'qnashuvi, qolaversa derbi maqomida o'tishi bahsning qiziqarliligini yanada oshiradi. Hozir esa biz sizlarga mazkur jamoalar atrofidagi yangiliklar, yo'qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.
"Manchester Siti"
Bugungi uchrashuvda "Manchester Siti" chempionlik uchu yana bir katta qadam tashlashi mumkin. Qolaversa, ayni paytda "shaharliklar" barcha turnirlarda ketma-ket 21 g'alabaga erishib, o'ziga xos natijani ko'rsatmoqda, ammo bu rekord ko'rsatkich hisoblanmaydi. Karlo Anchelotti "Real Madrid" bilan 22 o'yinda g'alabali seriya qayd etishgan bo'lsa, Flik boshchiligidagi "Bavariya"da bu natija 23 uchrashuvga etgan. Oldinda "Manchester Siti"ni ikkita o'z maydonida bo'ladigan uchrashuvlari kutilmoqda, bu esa ham ruxiy, ham jismoniy tomondan g'alabaga yaqinlashtiradi. Bu haqida "Vulverxemton" bilan uchrashuvdan oldin ham, Pep Gvardiola ta'kidlagan edi. Uyda uchrashuvlaridagi g'alaba chempionlikka juda ham yaqinlashtiradi. Ammo bugungi raqib jiddiy. Garchi, so'ngi uchrashuvlarda Sulsher shogirdlarining unchalik omadi kelmayotgan bo'lsada, bugungi bajs uchun etarlich qarshilik ko'rsatishi tayin. Shuning uchun Pep va uning armiyasiga kelayotgan bahsda oson bo'lmasligi mumkin.
So'ngi o'yinlarda, "shaharliklar" nafaqat uchrashuv natijalarida, balki bahs jarayonida ham raqiblaridan har tomonlama ustun kelmoqda. Pep shogirdlari nafaqat hujumdagi ajoyib o'yinlari bilan, balki himoyada ko'rsatayotgan o'yinlari orqali ham muxlislar olqishiga sazovor bo'lmoqda. "Man Siti" 13 - yanvardan, 3 - fevralgacha bo'lgan vaqtd davomida APLda 6 o'yin o'tkazib, ularnining hech birida gol o'tkazib yubormadilar, bu esa ajoyib natija sanaladi.
Bugungi bahs, Manchesterning qaysi klubi hozirda 1-raqam ekanligini aniqlash uchun yana bir imkoniyat. Oxirgi marta "Manchester Yunayted" 2012/13 - yilgi mavsumda Angliya chempioni bo'lgan edi. O'shandan beri, "Manchester Siti" uch marta chempionlikni qo'lga kiritdi va hozirda 4-chempionlikka dadil qadam tashlamoqda. Bu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlangan edi, ammo 7 - yanvar kunidagi Angliya Liga kubogi yarim final uchrashuvida Gvardiola shogirdlari 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgan edi. Bundan tashqari, Manchesterning bu ikki jamoasining biri Chempionlar Ligasida o'z yurishini davom ettirayotgan bo'lsaa, biri Evropa Ligasida qatnashmoqda. "Shahrliklar" 17 - mart kuni o'z maydonida "Borussiya M" jamoasiga qarshi javob o'yinini o'tkazadi.
Mavsum davomida Gvardiola jamoadan deyarli xatosiz ishlaydigan mexanizm yaratdi, uning hamkasbi Ole-Gunnar esa asosan bitta o'yinchiga tayanadigan jamoani shakllantirdi va bu taktika kuchli raqiblar bilan o'yinlarda ushbu sxema amal qilib keldi.
"Manchester Siti" chempionlikka tomon to'xtovsiz tezlikda parvoz qilmoqda. 2021 - yil boshlagandan beri, jamoa mag'lubiyat uyoqda tursin, durang ham qayd etmagan va Pep Gvardiola shogirdlari hali-beri to'xtash niyatida emaslar.
"Manchester Yunayted
Angliya Premer Ligada hozirga kelib «Manchester Yunayted» 27 o'yindan so'ng, 51 ochko bilan turnir jadvalida 3-pog'onadan joy olgan. Etakchi «Manchester siti»dan 14 ochko bilan ortda qolayotgan bo'lsa, 2-o'rindagi «Lester»dan esa ikki ochko ortda qolayapti. Ammo. «tulkilar» kecha o'z o'yinini o'tkazgan bo'lsa, «mankunianlar»ning «Siti»ga qarshi uchtrashuvdagi jamoani yana ikkinchi o'ringa qaytarishi mumkin. Shuning uchun, bugungi bahsda «qizil iblislar» maksimal kuchini namoyish etishga harakat qilishadi.
So'nggi yillarda «Manchester Yunayted»ning o'yini sezilarli darajada o'zgargan. Lekin, hozir klubning maqsadi peshqadamlikka harakat emas, aksincha kuchli 3likdan chiqib ketmaslik uchun harakat qilayotgandek tuyulmoqda.
«Manchester Siti» yana bir rekord qayd etishga yaqin turibdi. So'nggi turdagi g'alabadan keyin, «shaharliklar» barcha turnirlarda ketma-ket 28 uchrashuvda mag'lub bo'lishmadi. Bugungi bahsda esa, o'zlari qayd etgan rekordni yangilashi mumkin. Rekordni yangilash uchun bir qadam qolgan va bu holat derbi uchrashuvida amalga oshiriladi. «Manchester Yunayted» jamoasi buni to'xtata oladimi?
Ole-Gunnar Sulsher jamoasi «Manchester Siti»ga qarshi so'ngi, 4 bahsning 3tasida mag'lub bo'lishmagan. Hatto, o'sha uchrashuvda «shaharliklar» raqibi darvozasiga yo'l ham topolmagan.
«Manchester Yunayted»da bugungi bahs oldidan, bir qancha yo'qotishlar bor. David de Xea, Fil Jones, Xuan Mata, Pol Pogba kabi o'yinchilar bugungi bahsda qatnasha olmaydi. Ispaniyalik darvozabon De Xea shaxsiy sabablarga ko'ra uchrashuvda qatnashmayotgan bo'lsa, qolgan futbolchilar turli xil jarohatlar sabab maydonga tushmaydi. Qolaversa, Van de Bek va Marsyal kabi o'yinchilarning ham bugungi bahsda qatnasha olmasligi mumkin.
Ehtimoliy tarkib.
«Manchester Siti» (4-3-3): Ederson, Konselu, Diash, Stouns, Uoker, Gyundogan, Rodri, de Bryuyne, Foden, Sterling, Silva.
«Manchester Yunayted» (4-2-3-1): Xenderson, Van-Bissako, Lindelyof, Maguayr, Shou, Maktominey, Fred, Reshford, Fernandesh, Jeyms, Kavani.
«Manchester Siti» jamoasida kamdan-kam uchraydigan hodisa yuz bergan, ya'ni jamoada jarohat olgan futbolchi yo'q. Hatto, himoyachi Natan Ake ham jarohatidan tuzalib ketdi. Ammo Gvardiola katta o'zgarishlarni amalga oshirmasa kerak. Shuning uchun ham jamaoa har doimgi 4-3-3 sxemadan foydalansa kerak.
«Manchester Yunayted» jamoasi bugungi bugungi bahsda, bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirishi mumkin. Xususan, darvozabon De Xeani aytish mumkin. Darvozabon shaxsiy sabablar bilan Ispaniyaga uchib ketdi, uning o'rniga Din Xenderson maydonga tushadi. Qolaversa, Martialning ishtiroki ham savol ostida. Shuning uchun, hujumda hech qanday juftlikni ko'rmaymiz. Sxema esa 4-2-3-1 bo'linishi taxmin qilinmoqda.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.
Manba: stadion.uz