Levandovski Bundesligada «xet-trik»lar soni bo'yicha 2-o'ringa chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

6 mart, shanba kuni Germaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Unda myunxenliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
Mezbonlar hujumchisi Robert Levandovski mazkur o'yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Polshalik futbolchi Bundesligadagi o'z "xet-trik"lari sonini 12taga etkazib oldi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha Klaus Fisher va Mario Gomes bilan tenglashgan holda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Germaniya chempionatidagi "xet-trik"lar soni bo'yicha «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Gerd Myuller mutlaq rekordchi hisoblanadi — 32.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264