Frantsiya kubogi. «PSJ» Mbappening 2ta goli evaziga yirik hisobda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

Frantsiya kubogining 1/16 final bosqichi o'yinlariga start berildi. "Pari Sen-Jermen" safarda "Brest" klubiga qarshi bahs olib borib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Mazkur o'yinda Kilian Mbappe dublga erishgan bo'lsa, Sarabiya bitta gol muallifiga aylandi. Natijada "PSJ" Frantsiya kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.
Frantsiya kubogi, 1/16 final
Brest – PSJ 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 9 Mbappe, 0:2 – 44 Sarabiya, 0:3 – 73 Mbappe.
Brest – Sibua, Brasse, Baal, Dyuvern, Per-Gabriel (Fossure, 84), Belkebla, Fadiga (Jan Lukas, 74), Fevr, Filippoto (Sharbone, 84), Le Duaron (Mune, 75), Kardona.
PSJ – Riko, Kerer (Pembele, 46), Bakker, Diallo, Errera (Guye, 74), Paredes, Danilu Pereyra, Verratti (Rafinya, 74), Draksler, Sarabiya (Di Mariya, 66), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Paredes (27), Errera (69).

Bosh sahifaga
249