Reshford operatsiya qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263

Kelayotgan yozda «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford jarrohlik stoliga yotishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. «Reshford noyabr oyida "Arsenal"ga qarshi o'yinda, qo'l mushaklari bilan bog'liq jarohat olgandi. Uning chap elkasida muammo paydo bo'lgandi.
Jarohat og'ir emas, elka o'z-o'zidan tuzalib ketadi deb o'ylashgandi, ammo shifokorlarning umidlari puchga chiqdi. Reshford hanuzgacha og'irni his qilmoqda, bu esa maydonda uning harakatlariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda», deb aytiladi manbada
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247