Pele: «Mbappe mening izdoshimga aylanishi mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Braziliyalik futbol afsonasi Pele «PSJ»ning 22 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Mbappe mening izdoshimga aylanishi mumkin. Men hazillishmayapman. Uning tezkor o'yinida o'zimni ko'ryapman. U tezda qaror qabul qiladigan hujumchi. U to'pni qabul qilayotganidayoq nima qilish kerakligini, qaysi tomonga harakatlanishni va to'g'ri qaror qabul qilishni biladi. Bu zamonaviy futboldagi muhim xislatlar. Bundan tashqari, Kilian yugurish va driblingda men kabi tezkor», — dedi "e Parisien" nashriga bergan intervyusida.
Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 23ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252