So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kolumbiya sog'liqni saqlash vaziri Braziliya termasining JCh-2022 o'yini uchun mamlakatga kelishiga qarshi bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Kolumbiya sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri Fernando Ruis koronavirus pandemiyasi tufayli JCh-2022 saralash bosqichining 5-turidan o'rin olgan bahs uchun Braziliya terma jamoasining Kolumbiyaga kelishiga qarshilik qilmoqda. Sabab — koronavirusning yangi shtammi tarqalishi davom etmoqda. Shu bois, Kolumbiya 29 yanvar sanasidan boshlab qo'shni mamlakat bilan aviaqatnovlarni bekor qilgan.
«Hozirgi paytda Braziliya bilan aviareysni tashkil qilish juda qiyin bo'ladi. Futbol jamoalari uchun istisno qila olmaymiz. Biz Braziliyadan gumanitar reyslarni ham qabul qilmayapmiz», — dedi Ruis.
Kolumbiya — Braziliya bahsi 26 mart sanasiga belgilangan. Braziliya 4 turdan so'ng 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kolumbiya esa 4 ochko bilan 7-pog'onani egallab turibdi.