So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbol yulduzlari hech qachon tashrif buyurmagan Rossiyadagi stadionlar (Fotomaqola)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
Bir necha yillar oldin, biz Rossiyada bo'lib o'tgan JCh - 2018 uchun qurilgan yangi futbol arenalariga guvoh bo'lganmiz. Ular qulay, zamonaviy va ajoyib. Ammo Rossiyaning ichki qismida yana shunday stadionlar borki, ularda kamdan - kam holda musobaqalar uyushtiriladi, futbol yulduzlari esa hech qachon tashrif buyurmaydi. Hozir biz sizlar bilan ushbu stadionlarga sayohat uyushtiramiz.
Chaykovskiy shahridagi Markaziy stadion - bu Perm shahri chempionatida o'ynaydigan mahalliy «Energiya» futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Stadion Saygatka daryosi Kamaga oqib tushadigan go'zal joyda joylashgan.
Nijniy Novgorod viloyati, Arzamas shahridagi «Torpedo» stadioniga asosiy kirish joyi. Aftidan, chap tomondagi savdo rastasi va chiptaxona. Aynan shu erda mahalliy «Torpedo» jamoasi 1995 - yilda Rossiya kubogining chorak final uchrashuvida Rossiyaning bo'lajak chempioni «Alaniya»ni qabul qilgan.
Tatariston Respublikasi, Qozon shahridan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Ribnaya Sloboda qishlog'idagi stadion. «Chulman» futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan arena. Bu stadion Kyubishev suv ombori bo'yida joylashgan.
1936 yilda Nijniy Novgorodda qurilgan «Vodnik» stadionining hozirgi holati. Shaharda yashaydigan aholini aytilishicha, mazkur maydon qurilishida SSSR qahramoni Valeriy Chkalov ishtirok etgan. Aynan shu erda «Jmurki» filmidagi mashhur sahna suratga olingan.
«Energetik» stadioni - Rostov viloyatining eng kichik shahri Tsimlyanskning vakili bo'lgan «Tsimla» futbol klubining uy arenasi. Don daryosi va Tsimlyansk suv ombori bo'yida joylashgan.
Primorsk o'lkasi, Dalnegorsk shahridagi tashlandiq «Miner» stadioniga kirish darvozasi. Mazkur arena Yaponiya dengizi sohilidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Sixote-Alin tog' tizimining etagida joylashgan.
Pskov viloyati Velikiy Luki shahridagi tarixiy stadion. Bu erda mahalliy «Luki-Energiya» futbol klubi RPLdagi raqiblarini qabul qilgan. Afsonaviy futbolchi Dmitriy Alenichev futbolchilik faoliyatini shu erda boshlagan.
Naxodka shahridagi «Vodnik» stadioni 1992 va 1993 yillarda Rossiya Premer Ligasida o'ynagan va o'sha mavsumlarda Moskvaning «Spartak» jamoasini mag'lub etgan «Okean» futbol klubining uy arenasidir. Hozirda «Okean» Primorsk viloyati chempionatida o'ynamoqda.
Ufa shahri. Mazkur arenada mahalliy «Gastello», «Samrau», «Agidel», «Stroitel» va boshqa jamoalar o'z uchrashuvlarini o'tkazgan.
Nalchikdagi «Spartak» stadioni. Aynan shu erdan Rossiya futbolining gigantlari bir necha bor ochkolarni boy berib ketishgan. Orqa tomonda Kizilovka tog'i, tepasida esa gumbazga o'xshash inshoot - «Sosruko» deb nomlangan mashhur restoran.
Rossiyaning G'arbiy Spitsbergen orolidagi Pramida konchilar qishlog'idagi Gagarin sport majmuasi.
Sverdlovsk viloyati, Degtyarsk shahridagi «Gornyak» stadioni. Orqadagi tog' pirit koni bo'lib, uning atrofida 1914 - yilda Degtyarka qishlog'i vujudga kelgan va u joy 1954 - yilda Degtyarsk shahriga aylangan edi.
Mazkur arena Vladivostokdagi «Avangard» stadioni hisoblanadi. 1932 -yilda «Kema quruvchi» nomi bilan ochilgan. Stadion Oltin Horn ko'rfazining atrofida joylashgan. Hozir rekonstruktsiya qilinmoqda.
Leningrad viloyatida joylashgan Toksovo shahar quyisida joylashgan SKA stadioni. Tashqi ko'rinishi achinarli bo'lishiga qaramay, arena hozirgacha o'zida o'yinlarni qabul qilib ketlmoqda.
2015 - yilning may oyida «Kuban»ni 3:1 hisobida mag'lub etgan «Lokomotiv» Rossiya kubogini qo'lga kiritgan uchrashuv, aynan Astraxandagi mazkur markaziy stadionda o'tkazilgan. Bu stadion «Volgar» futbol klubining uy arenasi hisoblanib, Volga daryosi quyiladigan Pryamaya Balda va Krivaya Balda ko'llari yaqinida joylashgan.
Mirnidagi «Tantana» stadioni. Olmosning dunyodagi eng yirik konlaridan biri bo'lgan Mir kimberlit chuqurligi yaqinidan joylashgan. Darhaqiqat, 1955 - yilda ushbu konning ochilishi tufayli shahar o'zining oldingi mavqeini tiklashi va «Rossiyaning olmos poytaxti» maqomiga ega bo'lishi kerak edi, ammo bu amalga oshmagan.
Krasnoyarskdagi markaziy stadionining yuqoridan ko'rinishi. Arena orqasida Enisey daryosining Abakan kanali joylashgan.
Vologda viloyati, Totma shahridagi stadion. Bu stadion 1554 - yilda tashkil etilgan va hozirda yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Kareliya shaharchasining Pryaja qishlog'idagi stadion. Ushbu noma'lum arenada Kareliya chempionati va Petrozavodsk ochiq chempionatining doimiy ishtirokchisi bo'lgan «Voitto» futbol klubining uy uchrashuvlari o'tkaziladi.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi