«Atletik» tarixiy natija qayd etishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135
Xabaringiz bor, bilbaoliklar kecha mamlakat kubogi yarim final bosqichida «Levante»ni musobaqadan chiqarib yubordi va finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endi finalda yana bir bor «Atletik» hamda «Barselona» jamoalari to'qnash keladigan bo'ldi. Qiziq tomoni bilbaoliklar 4 oy ichida 3 ta titul yutish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi. Gap shundaki, o'tgan yilgi Ispnaniya kubogi joriy yilning 3 apreliga qoldirilgan edi. O'sha uchrashuvda «Atletik»ka «Real Sosedad» raqib bo'lishi belgilangan. Shu asnoda qisqa vaqt mobaynida jamoa bir xil musobaqaning ikkita finalida maydonga tushish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, «Atletik» yanvarda «Barsa» ustidan g'alaba qozonib mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan edi.