«Liverpul» antirekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166
"Liverpul" Angliya chempionatining 27-turi doirasida o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket beshinchi o'yinda "Enfild"da mag'lubiyatga uchrashdi. Bu esa klub tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bungacha o'z uyida "Byornli" (0:1), "Brayton" (0:1), "Manchester Siti" (1:4) va "Everton" (0:2) klublariga imkoniyatni boy berishgandi.
"Liverpul" APLning joriy mavsumida 43 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!