«Andijon»ning tanishtiruv marosimi 7 mart kuni bo'lib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
Yangi mavsumda o'zgacha ko'rinish beradigan «Andijon» jamoamiz bahorning ilk kunlarida tanishtiruv marosimi o'tkazadi.
Bilasiz, sanoqli kunlardan so'ng Superliganing 2021 yilgi mavsumi boshlanadi. Jamoamiz birinchi turni Navoiy shahrida o'tkazadi.
«Qizilqum»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoamiz yangi futbolchilarini keng ommaga yaqindan tanishtirishga qaror qildi.
Shu bois, 7 mart kuni ommaviy axborot vositalari va jamoamizga befarq bo'lmagan ishqibozlarni taqdimot marosimiga taklif etamiz.
Tadbir 7 mart kuni Andijon shahridagi «Yoshlar markazi»da (sobiq Cho'lpon kinoteatri) soat 14:00 boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!