Arturo Vidal Frantsiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
33 yoshli chililikning xizmatlariga «Marsel» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Frantsuz jamoasining yangi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bir paytlar Chili terma jamoasida ham faoliyat yuritgan.
Shu sababli ham «Marsel»ning Arturoga qiziqishi aynan argentinalik mutaxassisning tashabbusi hisoblanadi. Vidalning o'zi Frantsiyaga ko'chib o'tish istiqbollariga ijobiy qaraydi, chunki uning Italiya klubidagi kelajagi so'roq ostida turibdi.
Ma'lumot o'rnida, 8 million evroga baholanayotgan Vidal 2020/2021 yilgi mavsumda, «neradzurri» bilan barcha musobaqalarda 28 uchrashuv o'tkazib, 2 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan.
Manba: Le10sport.com
Bosh sahifaga
243