Nani: «Pogba "MYu"da qolishni istasa, ko'proq o'z ustida ishlashi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

«Man Yunayted»ning sobiq futbolchisi Luish Nani jamoa xavbeki Pol Pogba haqida fikr bildirdi.
«Men Pogbani "MYu"ning eng muhim o'yinchilaridan biri deb hisoblayman. Biroq nima uchun uning jamoadan ketmoqchi bo'layotganiga tushunmayapman. To'g'ri, u jarohatlar bilan bog'liq muammolar girdobiga tushib qoldi.
Biroq Pol maydonga tishirishlarini boshqalardan kutmasligi kerak. U "MYu"da qolishi uchun ko'proq shug'ullanishi kerak. Barchasi o'ziga bog'liq. Pogba o'zi o'ynagan bahslarda ancha samarali natija qayd etyapti. Biroq u dangasalikka berilmasligi kerak. Men uning potentsialiga ishonaman», - deydi Nani.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277