Holandning kelajagi «Bavariya» bilan bog'lanadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Myunxenning «Bavariya» klubi «Borussiya» hujumchisi Erling Holand uchun hech qanday taklif bilan chiqmaganini bildirmoqda.
«Qizillar»da ayni dam yosh vunderkindni xarid qilish uchun etarli mablag' mavjud. Biroq klub bu kabi transferlarga katta tavakkal qilish niyatida emas. Zero, myunxenliklar prezidenti ham bu «Bavariya»ning transfer siyosatiga to'g'ri kelmasligini ta'kidlagan.
Hozircha Erlingni qo'lga kiritish uchun «Liverpul», «Man Siti», «MYu» hamda «Chelsi» klublari kurash olib boradi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Holand 18 o'yinda maydonga tushib 17 gol va 4 assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238