"MYu" "Inter"dan qolib ketgan qarz yoki jamoaning ikki futbolchisini talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Milanning "Inter" klubi hujumchi Romelu Lukaku transferi uchun "Manchester Yunayted"ga berilishi kerak bo'lgan bonuslarni o'z vaqtida to'lamagan.
Tomonlarning kelishuviga ko'ra, agar Italiya klubi qaysidir bonusni to'lamasa, darhol transferning to'liq miqdorini to'lashi kerak. Ayni paytda "Inter" Lukaku transferi uchun "mankunianliklar"ga berilishi kerak bo'lgan 74 million evrodan atigi 24 million evro to'lagan.
Manbaga ko'ra, tovon puli sifatida "Manchester Yunayted" rahbariyati "neradzurri"dan tarkibidagi futbolchilarini talab qilishi mumkin. Nomzodlar esa hujumchi Lautaro Martines yoki himoyachi Milan Shkrinyar bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, 2019 yil 8 avgustda "Inter" futbolchisiga aylangan Romelu Lukaku joriy mavsum A Seriyada 23 o'yin o'tkazib, 18 gol hamda 6 assistga mualliflik qilgan.
Manba: Corriero dello Sport
Bosh sahifaga
240