"Borussiya" Xoland o'rniga goleador futbolchi xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Dortmundning "Borussiya" klubi Erling Xoland o'rniga nomzodlar qidirishni boshladi.
Nemis klubi Norvegiyalikni qo'yib yubormoqchi emas, ammo Evropaning grand klublari uni o'z safiga qo'shib olishni istayotganini bilib turibdi.
Jamoa u ketgan taqdirda "Sevilya" hujumchisi Yussef En Nesirini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Dortmundliklar futbolchining transfer summasi va shartnoma shartlariga qiziqishni boshlab yuborgan.
En Nesiri bu mavsumda La Ligada 13 ta gol bilan "Sevilya" to'purari bo'lib to'ribdi va La Ligada bu borada 4-o'rinda ketmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291