«Manchester Siti» Premer Ligada «Arsenal»ning rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

«Manchester Siti» Premer Liga doirasida kechgan 2 mart kungi «Vulverhempton»ga qarshi o'yinda 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Opta ma'lumotiga ko'ra, «Manchester Siti» Premer Liga doirasidagi so'nggi 19 o'yinda hech qaysi raqibga biror daqiqani ham boy bermadi. Bu esa musobaqa rekordining takrorlanishi bo'ldi. «Arsenal» 1998 yilning dekabridan 1999 yilning may oyiga qadar ushbu ko'rsatkichni qayd etgandi.
«Manchester Siti» 27 o'yinda 65 ochko to'plab, yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi turda «shaharliklar» 7 mart kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs yuritadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291