«Barselona» sobiq prezidenti garov evaziga qo'yib yuborildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

«Barselona» klubi sobiq prezidenti Jozep Bartomeu ozodlikka chiqarildi, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.
Sud "ko'k-anorranglilar"ning sobiq rahbari va uning maslahatchisi Jaume Masferrerni garov evaziga qo'yib yuborishga qaror qildi.
Har ikki shaxs o'ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqidan foydalanib, ko'rsatma berishdan bosh tortdi.
Hozirda politsiya «Barselona» futbolchilarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqid qilishni uyushtirish ishi bo'yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu ishga "Barsageyt" nomi berilgan.
"Barselona" 2020 yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali Bartomeuni qo'llab-quvvatlash hamda klub o'yinchilarini tanqid qilishni uyushtirish evaziga "I3 Ventures" kompaniyasiga katta miqdorda pul to'lagan edi.

Bosh sahifaga
235