Tomas Tuxel «Chelsi»da rekord o'rnatdi, APLda esa Brendan Rojersning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Angliya Premer Ligasining 26-turida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari 28 fevral, yakshanba kuni o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi.
«Chelsi» Tomas Tuxel bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Premer Liga doirasidagi ketma-ket to'rtta uy o'yinida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Unga qadar «Chelsi»ning hech qaysi murabbiyi bu natijaga erisha olmagandi.
APL tarixida bu holat ikkinchi marta kuzatildi. Ilk bor Brendan Rojers 2011 yilda «Suonsi» bilan mazkur natijani qayd etgandi.
«Chelsi» 26 o'yinda 44 ochko to'plagan holda 5-o'rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 18 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281