Donnarumma uchun kurashga APL va Liga 1 grandlari qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

«Milan» darvozaboni Jiji Donnarummani qo'lga kiritish uchun da'vogarlar soni ortib bormoqda.
Endi bu kurashga «PSJ» va «Chelsi» klublari ham qo'shildi - deya xabar beradi Tuttosport. Ular ayni dam italiyalik yosh kiperning jamoasi bilan yangi bitim borasida kelisha olmayotganidan unumli foydalanib qolmoqchi.
«Rossonerilar» yozda erkin agentga aylanadigan futbolchisini jamoada olib qolish uchun unga 7,5 million evro maosh taklif etgan.
Biroq Donnarummaning agenti Mino Rayola mijozi uchun kamida 10 million so'ramoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260